{"id":829,"date":"2021-12-17T14:48:20","date_gmt":"2021-12-17T11:48:20","guid":{"rendered":"http:\/\/data.accelerator.uz\/?p=829"},"modified":"2023-03-06T09:10:00","modified_gmt":"2023-03-06T06:10:00","slug":"imkonlab-put-k-osushhestvleniyu-mechty","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/startups-of-karakalpakstan\/imkonlab-put-k-osushhestvleniyu-mechty\/","title":{"rendered":"ImkonLab \u2013 orzular sari yo\u2019l"},"content":{"rendered":"<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-large wp-image-830\" src=\"http:\/\/data.accelerator.uz\/wp-content\/uploads\/Screen-Shot-2021-12-16-at-13.10.56-1024x683.png\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"http:\/\/data.accelerator.uz\/wp-content\/uploads\/Screen-Shot-2021-12-16-at-13.10.56-1024x683.png 1024w, http:\/\/data.accelerator.uz\/wp-content\/uploads\/Screen-Shot-2021-12-16-at-13.10.56-300x200.png 300w, http:\/\/data.accelerator.uz\/wp-content\/uploads\/Screen-Shot-2021-12-16-at-13.10.56-768x512.png 768w, http:\/\/data.accelerator.uz\/wp-content\/uploads\/Screen-Shot-2021-12-16-at-13.10.56.png 1440w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><br \/>\nFotima Saparova (24 yosh) Qoraqalpog\u2018iston poytaxti Nukus shahrida onasi va singlisi bilan yashaydi. U Orol fojiasidan eng ko\u2018p jabr ko\u2018rgan hududda tug\u2018ilib o\u2018sgan. Bu yerda ekologik muammolar kelajak haqidagi gap emas, balki har kungi mahalliy aholi yashaydigan bugungi kun haqiqatidir. Fotima ko\u2018pincha yoshlar o\u2018z hududining ekologik holatini yaxshilashga, tabiatini asrab-avaylashga oz bo\u2018lsa-da, hissa qo\u2018shishi kerak deb o\u2018ylardi.<\/p>\n<p>Bunday imkoniyat Fotima va uning tengdoshlariga O\u2018zbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF hamkorligida tashkil etilgan ImkonLab loyihasi tomonidan taqdim etildi. ImkonLab ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlik ko\u2019nikmalariga ega bo\u2019lish dasturidir.<\/p>\n<p>Fotimaning jamoasi 2020-yil avgust oyida pandemiya avjiga chiqqan paytda o\u2018tkazilgan Qoraqalpog\u2018iston yoshlari uchun dasturning birinchi sinov bosqichida ishtirok etdi. Boshqa to\u2018qqizta jamoa bilan bir qatorda 7 kun davomida ijtimoiy innovatsiyalar bo\u2018yicha treningda qatnashdi va 1000 AQSh dollari miqdoridagi grantga ega bo\u2019ldi. Uning g\u2019oyalarini amalga oshirishda mentor-murabbiylar uni qo&#8217;llab-quvvatladilar.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cPandemiya sharoitida bo\u02bblganim uchun mashg\u02bbulotlar qanday o\u02bbtishi, biz nimalarni o\u02bbrganishimiz va tinglovchilar qanday bo\u02bblishi haqida o\u02bbylardim\u201d, deydi Fotima. \u201cMen start-aplar, innovatsiyalar va ijtimoiy muammolarni hal qilish haqida ko&#8217;proq ma&#8217;lumot olishni kutgandim. Loyihadan kutganlarimning barchasi ro\u2019yobga chiqdi. Bitta narsadan afsuslandim, u ham bo\u2019lsa, ustozlar, trnerlar va ishtirokchilarni yuzma-yuz ko\u2019risha olmadik. Men ular bilan bir stol atrofida o&#8217;tirishni juda istar edim. Trening kunlari hayotimdagi eng yaxshi kunlardan bo\u2019ldi!\u201d<\/p><\/blockquote>\n<p>Fotima ekologiyaga nisbatan mas&#8217;uliyatli va do\u2019stona munosabatdagi qiz sifatida global ifloslanish muammolarining sabablaridan biri bo&#8217;lgan polietilen paketlardan foydalanishni kamaytirmoqchi edi. Loyihadan ko\u02bbzlangan maqsad \u201ceko-sumkalardan foydalanishni ommalashtirish yo\u2019li bilan polietilen paketlardan foydalanishni kamaytirish orqali atrof-muhit ifloslanishining oldini olish\u201d edi.<\/p>\n<p>Fotimaning jamoasi loyihani boshlaganida, ularning o\u2018zida eko-sumka nima ekanligi haqida aniq tushuncha yo\u2019q edi. Ko\u2018plab savollar tug\u2018ildi: qaysi matodan tikish kerak, qanday asbob-uskunalar sotib olish zarur, eko-sumkalar sotib olinadimi va ularni qanday qilib ommalashtirish mumkin. Jamoa a\u2019zolari bularni bilmas edilar.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cBiz ushbu loyiha bilan mintaqamiz ekologiyasini yaxshilashga oz bo\u02bblsa-da, hissa qo\u02bbshmoqchi bo\u02bbldik va foyda olishni birinchi o\u02bbringa qo\u02bbymadik\u201d, &#8211; deydi Fotima. \u201cBiz ushbu startap-loyihani boshlaganimizda ko\u2018p salbiy fikrlarni eshitdik va hozir ham eshityapmiz. Qoraqalpog\u2018istonda bunday loyihani amalga oshirish qiyin, chunki odamlar uni hozircha tushunmaydilar. Biroq biz to&#8217;xtamadik va faqat oldinga qarab ishlashda davom etdik&raquo;.<\/p><\/blockquote>\n<p>Fotima va uning hamkorlari ushbu startap-loyiha tufayli Qoraqalpog\u2018iston aholisini ekomadaniyatga rioya qilishga o\u2018rgatish mumkinligiga ishonishadi. Ular sumka tikish bilan birga targ\u2018ibot-tushuntirish ishlarini ham olib borishdi. Endilikda ular o\u2018z mahsulotlariga buyurtmalar soni kundan-kunga ortib borayotganidan faxrlanishadi. Birinchi ulgurji buyurtmalar ham qabul qilindi.<\/p>\n<p>Fotima boshchiligidagi yoshlar o\u2018z loyihasini yanada kengaytirish niyatida. Ular boshqa grantlar va tanlovlarda ishtirok etish uchun ariza berib, qo&#8217;shimcha uskunalar sotib olishni rejalashtirmoqdalar. Ularning maqsadi \u2013 qoraqalpoq naqshlari tushirilgan sumkalarni eksport qilish.<\/p>\n<p>Ayni paytda Fotima Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi bo\u2018lib, eko-sumka ishlab chiqarishda faoliyatini davom ettirmoqda. Uning mahsulotlarini\u00a0<strong>Telegram<\/strong>\u00a0<a href=\"https:\/\/t.me\/eco_sumok\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">@eco_sumok<\/a>\u00a0va\u00a0<strong>Instagram<\/strong>\u00a0<a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/eco_bags.nks\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">@eco_bags.nks<\/a>\u00a0sahifalarida ko\u2019rishingiz mumkin.<\/p>\n<p>Fotima o\u2018zining orzularidan birini ro\u2018yobga chiqarishga yordam bergan loyiha haqida minnatdorchilik bilan so\u2019zlaydi:<\/p>\n<blockquote><p>\u201cImkonLab loyihasi haqiqatda biz uchun yangi imkoniyatlar ochdi, buning uchun men UNICEF, Yoshlar ittifoqi va mentor-ustozlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Loyihadagi ishtirokim tufayli hayotimda ko&#8217;p o&#8217;zgarishlar yuz berdi. Ushbu loyihada g\u2018olib bo\u2018lganimdan so\u2018ng turli xalqaro innovatsion konferensiyalarda ishtirok etdim, ekologiya va tadbirkorlik sohasida yuqori darajadagi odamlar bilan uchrashdim. ImkonLab &#8211; haqiqiy imkoniyatlar eshigi!&raquo;<\/p><\/blockquote>\n<p>Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/www.unicef.org\/uzbekistan\/imkonlab-story-of-fatima\">UNICEF Uzbekistan\/2020<\/a><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fotima ekologiyaga nisbatan mas&#8217;uliyatli va do\u2019stona munosabatdagi qiz sifatida global ifloslanish muammolarining sabablaridan biri bo&#8217;lgan polietilen paketlardan foydalanishni kamaytirmoqchi edi. Loyihadan ko\u02bbzlangan maqsad \u201ceko-sumkalardan foydalanishni ommalashtirish yo\u2019li bilan polietilen paketlardan foydalanishni kamaytirish orqali atrof-muhit ifloslanishining oldini olish\u201d edi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":830,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[9,19,4],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/829"}],"collection":[{"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=829"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1652,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/829\/revisions\/1652"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/830"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/data.accelerator.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}