Oracle xalqaro eksperti bilan navbatdagi qo‘shma vebinarimiz shu seshanba, 11-yanvar kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: Ijodiy fikrlash va barqarorlik.
Spiker: Tania Le Voi – Oracle Digital mahsulot strategiyasi direktori, hozirda EMEA (Europe, the Middle East and Africa) bozori uchun barcha Oracle mahsulot va xizmatlari biznesini qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi. Tania mahsulotni boshqarish, konsalting, IT operatsiyalari va startaplarda katta tajribaga ega kompyuter fanlari bo’yicha mutaxassis.
Vebinarda siz shahar, sanoat va biznes muhiti uchun yangi, ijodiy va barqaror yechimlarni topish uchun mutaxassislarning fanlararo guruhlarida qanday ishlashni o’rganasiz.
Spikerimizning shaxsiy fazilatlari qatoriga yuqori darajadagi ijodkorlik kiradi, u muammolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish uchun foydalanadi.
Mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilishda nostandart yondashuvlar va kompaniyalarimiz oldida turgan muammolarni topish uchun bizga kreativ fikrlash kerak.
Vebinar Zoom’da (11-yanvar, seshanba, 17:00) ingliz tilida, o‘zbek tiliga tarjimasi bilan o‘tkaziladi.