Yangiliklar

06/12/2021

7 dekabr kuni Oracle mutaxassislari bilan raqamli marketing haqida gaplashamiz

Oracle ekspertlari bilan navbatdagi seminarimiz 7-dekabr, seshanba kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Raqamli marketing haqida gaplashamiz. Raqamli muhitda reklama qilish usullari, samarali reklama vositalari, kanallari va texnologiyalarini muhokama qilamiz.

Ma’ruzachimiz: Frank Riemer, kontent va media strategiyasiga ixtisoslashgan Generation Oracle savdo menejeri. Frank, shuningdek, sun’iy intellekt va mashinani o’rganish texnologiyalariga qiziqadi va o’zining blokcheyn loyihasi ustida ishlamoqda.

Seminar Zoom’da (7-dekabr, seshanba kuni, soat 17:00) ingliz tilida, o‘zbek tiliga tarjima bilan bo‘lib o‘tadi.