Startaplar va Iqlim o‘zgarishi

«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish»  loyihasi 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib,  Tech4Impact tomonidan Birlashgan Millat Tashkilotining Demokratiya fondi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston ayollari hududdagi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi kompaniyalarni tashkil qilish orqali  o‘zlarining iqtisodiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishlari uchun ularning texnologik va tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha faolliklarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Loyiha gender tengligi bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi, ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, mahalliy manfaatdor tomonlarni Orol dengizi hududi uchun iqlim bo‘yicha harakatlarga jalb etilishiga ko‘maklashadi va maqsadli hududdagi ayollar va qizlar uchun COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

Loyihaning asosiy yondashuvi — ayollarni, texnologik tadbirkorlarni uch bosqichda qo‘llab-quvvatlash:

1 Qoraqalpog‘istonda sof texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalar uchun startap-ekotizimlarni yaratish.

2 Axborot materiallarini va Internetda veb-resurslarni ishlab chiqish hamda bo‘lg‘usi tadbirkor ayollar uchun xabardorlikni oshirish bo‘yicha PR-kampaniyalarni ishga tushirish.

3 Olti oylik tuzilmalashtirilgan startaplar akseleratsiyasi dasturi, hududda texnologik murabbiylik madaniyatini rivojlantiruvchi startaplar trenerlari va mentorlarini o‘qitish va ayollar tomonidan boshqarilayotgan startaplar va investorlar hamda moliya muassasalari orasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali bilimlarni berish va salohiyatni oshirish.

Loyihaning aloqa ma’lumotlari:  https://www.facebook.com/greentechwomen