Yangiliklar

04/11/2022

1-noyabr kuni biz Nukusda akselerator jamoalari bilan seminarlar va mentorlik uchrashuvlarini o‘tkazdik.

1-noyabr kuni biz Nukusda akselerator jamoalari bilan seminarlar va mentorlik uchrashuvlarini o‘tkazdik.

Mavzuli sessiyalar doirasida bozor tahlili va raqobatchilar, taqdimotlarni Demo Kunga tayyorlash qoidalari va biznesning ekologik mas’uliyati haqida suhbatlashdik.

Har bir ishtirokchi qiz o‘z loyihasini taqdim etdi va trenerlar hamda mentorlardan izohlar oldi.

Akselerator mentorlari: Nurzada Atamuratova, Juldiz Abatbayeva, Gulzarxan Toreniyazova, Adil Kenesbayev, Muxabbat Allabergenovalar jamoalar bilan mentorlik sessiyalarini o‘tkazdilar.

Tadbirni tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasiga (Nukus bo‘limiga) minnatdorchilik bildiramiz.