Yangiliklar

09/03/2022

12-mart kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonda ayollar uchun yashil texnologiyalar startap dasturining Demo kuni bo‘lib o‘tadi!

6 oylik qizg‘in mehnatdan so‘ng finalga chiqqan 6 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim etadi. Demo kuni yakunida eng yaxshi 3 ta loyiha har biri $2,000 ga ega bo’ladi!

Barchani finalga taklif qilamiz – Demo kuni hamma uchun ochiq!

Vaqt: 11:00
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi, Nukus shahri, Qoraqalpog’iston.
Kirish: bepul.