Yangiliklar

25/10/2022

Umumiy moliyalashtirish jamgʻarmasi 1,5 milliard soʻm boʻlgan “Green standard in Aral” startaplar tanlovi!

Tanlov Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik va sogʻliqni saqlash muhitiga oid muammolarga yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan. Tanlovda barcha yuridik va jismoniy shaxslar oʻz startap loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: Umumiy moliyalashtirish jamgʻarmasi – 1,5 mlrd soʻm. Bu mablagʻ eng yaxshi startaplarni tatbiq etish uchun taqsimlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇

Umumiy moliyalashtirish jamgʻarmasi 1,5 milliard soʻm boʻlgan “Green standard in Aral” startaplar tanlovi!