Yangiliklar

13/04/2023

“Oʻzbekiston yetakchi ayollari muloqoti” navbatdagi bosqich uchun arizalar qabulini eʼlon qiladi.

Agar siz oʻz kasbiy faoliyatingiz boʻyicha yetakchi boʻlsangiz, sizni Oʻzbekiston yetakchi ayollari muloqotiga aʼzo boʻlishga taklif qilamiz.

Ushbu platforma Oʻzbekistondagi yetakchi ayollarni kengaytirish va birlashtirish maqsadida har bir hududda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan faol ayollar uchun yaratilgan.

Platformaning asosiy maqsadi mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda hududlardagi yetakchi ayollar rolini oshirishdan iborat.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 25-aprel, Toshkent vaqti bilan 23:59.

Ariza shaklini quyidagi havola orqali toʻldirish mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/1LxgtdLr6NPu1RzECU0Uby4voPjoD7oLH8xw-wBelhUw/edit?usp=forms_home&ths=true

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

– 18 yoshdan katta;
– Quyidagi yoʻnalishlardan birida kamida ikki yillik professional ish tajribasi: tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari (IT), sport va madaniyat, ommaviy axborot vositalari;
– Yetakchilik fazilatlariga ega boʻlish, shuningdek, ariza topshirish vaqtida koʻngillilik tajribasiga ega boʻlish tavsiya etiladi;
– Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish va ariza topshirish vaqtida Oʻzbekistonda kamida 5 yil yashab/ishlagan boʻlish.