Yangiliklar

15/12/2022

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oxirgi 3 yil davomida 600 mingdan ortiq kishiga ayollar, oilalar va yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 15 trillion so‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.

Aholi tomonidan daromad olinishiga, birinchi navbatda, ishsiz yoshlar va ayollarning daromad keltiradigan mehnat bilan bandligini ta’minlashga, ularga mahallalarda o‘z biznesini tashkil qilishda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish maqsadlarida fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun taqdim etgan arizalari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining Yagona elektron platformasi (www.oilakredit.uz) orqali qabul qilinadi.

Imtiyozli kredit olish uchun «Agrobank» ATB, «Xalq banki» AK va «Mikrokreditbank» ATBga murojaat qilish lozim.

Kreditlar 4 yo‘nalish bo‘yicha taqdim etiladi (foiz stavkasi yillik 14%):
-Oilaviy biznes – imtiyozli davr 6 oygacha;
-Baliqchilik (chorvachilik, parrandachilik) – imtiyozli davr 1 yilgacha;
-Fermer xo‘jaligi – imtiyozli davr 3 yilgacha;
-Hunarmandchilik – imtiyozli davr 3 yilgacha;
– Shuningdek, “Ayollar daftari”da turadigan xotin-qizlarga.