Yangiliklar

09/12/2021

«Biznesni rejalashtirish» mavzusi bo’yicha vebinar seriyalarini davom ettiramiz

Ikkinchi vebinar 11-dekabr, shanba kuni soat 14:00 da Zoom platformasida o’tkaziladi.

Spiker:
Aleksandr Yudakov – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Ilg‘or Texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish bo’lim boshlig‘i.

Eslatamiz, ertaga qadar (juma kuni) siz birinchi vazifani bajarishingiz kerak bo’ladi: biznes-rejaning qisqacha mazmuni va jamoa haqidagi maʼlumotlarni veb-sayt orqali yuborish.