Yangiliklar

21/06/2022

Ayollar biznes loyihalari uchun startap akseleratoriga arizalar qabul qilish davom etmoqda

Nukus, Shumanay va Mo’ynoq shaharlarida yashil texnologiyalar sohasidagi ayollar biznes loyihalari uchun startap akseleratoriga arizalar qabul qilish davom etmoqda!

Startap akselerator o’zi nima?

Startap akselerator — bu biznes treninglari, foydali resurslar, mentorlik, investorlar va biznes hamkorlar bilan aloqalarni taklif qiluvchi dastur. Startap akseleratorining maqsadi — startapingizning rivojlanishini tezlashtirishdir.

Akseleratorda qatnashmoqchi boʻlgan Qoraqalpogʻistonlik ayollar ariza topshirishlari kerak, shundan soʻng ular ekspert komissiyasi tomonidan tanlab olinadilar.

Hali jamoangiz boʻlmasa ham, lekin sizda oʻz biznesingizni boshlash gʻoyasi va xohishingiz bor boʻlsa ariza topshiring!

30-iyungacha ariza topshiring!
Akseleratorda ishtirok etish – BEPUL.

Arizalar ushbu havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSekIcke8ltL8BvqonZG-eAh9LkSDpifCXDt13yuRV2FcqfoOg/viewform


“O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.