Women Enterpreneurs Fintech dasturiga ro‘yxatdan o‘tish
O‘zbekiston Moliyaviy texnologiyalar assotsiatsiyasi USAID tashkilotining tadbirkorlik va biznes-muhitni rivojlantirish bo‘yicha loyihasi ko‘magida WE (Women Entrepreneurs) FinTech bepul amaliy ta’lim dasturini ishga tushirmoqda. U O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda 2023-yil 1-maydan 1-sentabrgacha o‘tkaziladi.
Bepul ta’lim dasturi elektron tijorat, yangi sotish kanallari yordamida KO‘Bni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy ta’limni taklif qiladi. Assotsiatsiya ekspertlari va hamkorlari tadbirkorlar va o‘z biznesini ochishni rejalashtirayotgan ayollarni savdo maydonlaridan o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun foydalanishni o‘rgatishga yordam beradi.