Yangiliklar

28/07/2022

Qoraqalpog’istondagi tadbirkor ayollar uchun startap akseleratorida ishtirok etish uchun tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi

2-3 avgust kunlari ekspert komissiyasi ariza topshirgan va saralashning birinchi bosqichidan o‘tgan ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazadi.

Iltimos, arizangizda ko’rsatgan telefon raqamingizda aloqada bo’ling.

Tez orada tanlov mezonlari va tanlov komissiyasining ekspertlari ro‘yxatini e’lon qilamiz.


«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi (UNDEF) ko‘magida amalga oshirilmoqda.