Yangiliklar

22/11/2022

O‘zbekistonda 14-18 noyabr kunlari o‘tkazilgan Ayollar tadbirkorligi haftaligi nihoyasiga yetdi

O‘zbekistonda 14-18 noyabr kunlari o‘tkazilgan Ayollar tadbirkorligi haftaligi nihoyasiga yetdi

Uning doirasida Nukusda Qoraqalpoq etnografik agrar ovulining ochilish marosimi bo‘ldi. Ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar yangi turistik yo‘nalish – Ashshi Ko‘l yonida joylashgan agrar etno-ovul bilan tanishdilar. Aytish joizki, ko‘l bo‘ylab o‘ziga xos hunarmandchilik markazini hosil qiluvchi 15 ta o‘tov qurilgan. Nitsa Nukus kompaniyasining rahbari Amina Bekjanova ushbu loyihaning tashabbuskori bo‘ldi.

U bu g‘oyani USAIDning ADA agrobiznesni rivojlantirish bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Markaz ichidagi ustaxonalarni yaratish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasi hamda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston Ishbilarmon ayollar assoitsatsiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirildi.

Yangi yo‘nalish mehmonlar va turistlarga ushbu o‘lkaning o‘ziga xos madaniyati, hunarmandlarning nodir ijodi bilan tanishish imkonini beradi.

Etno-ovulni ochishdan asosiy maqsad – Qoraqalpog‘iston Respublikasiga turistlarni jalb qilish, turistik salohiyatni ilgari surish va sifatli turistik xizmatlarni rivojlantirish: turistlarni joylashtirish, ovqatlantirish, ular uchun ko‘ngilochar faolliklarni tashkil qilish, bilimlarni oshiradigan va sog‘lomlashtirish faoliyatini tashkil qilish, hunarmandchilikni ilgari surish va yangi turistik mahsulotlarni (agroturizm, ekologik turizm, ekstremal turizm, etnoturizm, safari va boshqalar) yaratishdan iborat.

Etno-ovulning ochilish marosimi doirasida Qoraqalpog‘iston hunarmadlarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, ”Quroq” qoraqalpoq milliy kashtasi, «Bas orau», «Taxiya» kabi milliy bosh kiyimlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, milliy qo‘g‘irchoqlar, suvenir mahsulotlari hamda milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Shuningdek Qoraqalpog‘iston ustalari va dizaynerlarining milliy liboslar defilesi, an’anaviy qoraqalpoq musiqasi, qo‘shiqlari va raqslaridan iborat kontsert dasturi ham tashkil qilindi.

Manba: https://uz24.uz/ru/articles/etnoaul