Yangiliklar

14/02/2023

YЕTTB tanlovga agrobiznes sohasidagi innovatsion g‘oyalarni qabul qiladi

G‘oliblar 80 ming yervogacha bo‘lgan miqdorda maslahat ko‘magiga hamda turli grantlarga ega bo‘ladi.

YETTB tanlovga agrobiznes sohasidagi innovatsion g‘oyalarni qabul qiladi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida AgVenture tanloviga innovatsion g‘oyalar bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlangani haqida e’lon qildi. Bu haqda Spot nashriga bank matbuot xizmati xabar bergan.

Tanlov Star Venture dasturi doirasida o‘tkazilmoqda. Unda YETTB investitsiya qilayotgan mamlakatlardan, shu jumladan O‘zbekistondan ham innovatsion startaplar qatnashishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari 80 ming yervogacha bo‘lgan miqdorda maslahat ko‘magiga umid qilishlari mumkin. Bundan tashqari, qo‘shimcha xizmatlarga, aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va xalqaro profilli forumlarda qatnashishga 10 ming yevro miqdorida grant berilishi ham ko‘zda tutilgan.

AgVenture loyihasining maqsadi quyidagi tahdidlarga yechim izlashdan iborat: oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, maqsadli guruhlar va kichik korxonalarning global yetkazib berishlar zanjiriga kirishi.

G‘olib startaplar aprel oyining oxirida e’lon qilinadi. Dastur haqida bu yerda batafsil bilib olish va ariza berish mumkin.

YETTB 2050-yilga kelib Yer sayyorasining aholisi hozirgi 8 mlrd kishidan 9,6 mlrd kishiga yetishini prognoz qilmoqda. Bu qishloq xo‘jalik hududlarida suv tanqisligini oshiradi. Shu munosabat bilan bank innovatsion mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalar ishlab chiqilishiga ko‘maklashishga harakat qilmoqda. Asosiy vazifa – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni barqaror, samarali va inklyuziv qilishdan iborat.

Avvalroq Spot nashri YeTTB O‘zbekistonga investitsiyalar hajmini qariyb uchdan bir qismga oshirgani haqida yozgandi.