Yangiliklar

23/02/2022

ImkonLab va International Youth Challenge Generation Unlimited loyihasi

  • Yoshingiz 16-24mi?
  • Mo’ynoq, Qo’ng’irot yoki Bo’zatov tumanlarida yashaysizmi?
  • Tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rganmoqchimisiz?
  • Siz va doʻstlaringiz har kuni duch keladigan muammolarga innovatsion yechimlarni qidiryapsizmi?
  • Siz ham g’oyalaringizni amalga oshirish uchun grant va ekspert yordamini olishni xohlaysizmi?

Doʻstlaringiz bilan bogʻlaning, SHU YERDA havola orqali roʻyxatdan oʻting va ImkonLab ijtimoiy innovatsiyalar, tadbirkorlik loyihasi va Generation Unlimited International Youth Challenge tanlovida ishtirok eting!

Ushbu dastur sizga va do’stlaringizga yordam beradi:

  • Yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish;
  • Shaharingizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
  • Innovatsion g’oyalaringizni ishlab chiqish va amalga oshirishni o’rganish;
  • Gʻoyangizni sinab koʻrish va amalga oshirish uchun 1000$ gacha sarmoya;
  • Loyihangizni tezlashtirish uchun 20 000$ gacha sarmoya.

Imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang!!! Bu sizning vaqtingiz! Sizning kelajagingiz!

Tafsilotlar telegram guruhida: @imkonlab22

Manba: https://t.me/imkonlab22