Norvegiyaning Antec Biogas startapi biogaz ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ustida ishlamoqda

Antec Biogas bir nechta zavodlarni qurgan va biogaz ishlab chiqarish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan texnologiyani ishlab chiqqan. Startap qo‘llab-quvvatlash va yordam olish, shuningdek, doimiy ravishda yangi yechimlar va innovatsiyalar ustida ishlash uchun turli sohalardagi tadqiqotchilar bilan hamkorlik qiladi.

Afzalliklari:
– ishlab chiqarish an’anaviy biogaz qurilmalariga nisbatan 3-5 barobar tezroq;
– oziq-ovqat chiqindilari, hayvonlarning go‘ngi, oqova suvlar gazga aylantirilib, ulardan elektr, issiqlik va yoqilg‘i ishlab chiqarish mumkin;
– bioqoldiqlar parchalanadi va o’g’it sifatida ishlatilishi mumkin;
– tizim modulli, shuning uchun biogaz qurilmalari kichik hajmda qurilishi va kerak bo’lganda osongina kengaytirilishi mumkin.

Tafsilotlar rasmiy veb-saytda:https://www.antecbiogas.com