Husk Power Systems: guruchning poʻstlogʻidan elektr energiya

Bugun sizga Afrika va Osiyodagi qishloq energiya xizmatlarining yetakchi provayderiga aylangan startap haqida aytib beramiz

Gianesh Pandey elektrsiz qishloqda katta bo’lgan, xorijda sifatli ta’lim olgan va Hindistonning 300 ta qishlog‘ida (2015 yilga kelib) 200 000 kishining hayotini yaxshilash uchun o‘z mamlakatiga qaytgan.

Husk Power Systems — guruchning poʻstlogʻidan elektr energiya ishlab chiqaradigan Hindiston energetika kompaniyasi. Kompaniya elektr energiyasining tez-tez o’chirilishi bilan kurashadi, qishloq xo’jaligi chiqindilarini yo’q qilishga yordam beradi, mahalliy aholini ish bilan ta’minlaydi, iqtisodiyotni oshiradi, xavfsizlikni yaxshilaydi va farovon hayotni ta’minlaydi.

  • Hindiston energiya saqlash alyansi (IESA) Husk Power Systems kompaniyasini “Micro Grid Company of 2020” deb nomladi.
  • Gollandiyaning FMO – tadbirkorlikni rivojlantirish banki kompaniyaga 5 million dollar investitsiya kiritdi.

Rasmiy sayt: https://huskpowersystems.com/
Kompaniya tarixi: https://ru.wikipedia.org/wiki/Husk_Power_Systems