Lyuksemburgda joylashgan Leko Labs – bu yog’ochga asoslangan barqaror qurilish materiallarini ishlab chiquvchi qurilish startapi

Lyuksemburgda joylashgan Leko Labs – bu yog’ochga asoslangan barqaror qurilish materiallarini ishlab chiquvchi qurilish startapi. Qurilish jarayonida uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun yangi material po’lat va betonga muqobil sifatida qo’llanilmoqda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi material 100 metr balandlikdagi binolarni qurish uchun ishlatilishi mumkin va binolar butun umr davomida ugleroddan neytral bo’lib qolishiga imkon beradi. Leko Labs shuningdek, binolarni loyihalash jarayonini avtomatlashtirish va optimallashtirishga yordam beruvchi dasturiy platformani ishlab chiqdi.

Kompaniya 21 million dollardan ortiq sarmoyaga bo’ldi. Ular ushbu mablag’ni butun Yevropa bo’ylab dasturiy ta’minot va robototexnika tizimini kengaytirish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda.

Tafsilotlar rasmiy veb-saytda: www.lekolabs.com