Singapurdagi Nanyang texnologiya universiteti (NTU Singapore) olimlari qayta foydalanish mumkin bo‘lgan hipoalerjenik qog‘ozning yangi turini yaratishdi

Tadqiqotlar natijasida kungaboqar gulchanglaridan qayta foydalanish mumkin boʻlgan qogʻoz ishlab chiqildi. Bu oddiy qog’ozni qayta ishlash bilan bog’liq uglerod chiqindilarini kamaytirishi mumkin.

Ushbu qog’ozning o’ziga xosligi shundaki, siz unga yozishingiz, shuningdek, lazer printerlarida chop etishingiz va agar xohlasangiz, qog’ozni ishqoriy eritmaga tushirish orqali tarkibini «yangilash / tozalash / o’chirish» mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, qog’ozni kamida 8 marta yangilash mumkin.

Ushbu innovatsion yechim an’anaviy qog’ozga ekologik toza muqobil bo’lishi mumkin, uglerod chiqindilari va energiya sarfini kamaytiradi va shu bilan atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi.

Universitet veb-sayti: www.ntu.edu.sg

Maqolada ishlab chiqish tafsilotlari (ingliz tilida): https://www.ntu.edu.sg/docs/default-source/corporate-ntu/hub-news/ntu-singapore-scientists-develop-a-recyclable-pollen-based-paper-for-repeated-printing-and-unprinting-.pdf?utm_source=miragenews&utm_medium=miragenews&utm_campaign=news

Video: https://youtu.be/lqQ69Zl0z1o

Photo credit: NTU Singapore