Yangiliklar

06/10/2022

Elena Selezneva «Diversity Role Model of the Year» nominatsiyasi g’olibi

Euroasian Startup Awards | SEASON 2021

Elena Seleznevani «Diversity Role Model of the Year» nominatsiyasi g’olibi bo’lganligi bilan tabriklaymiz!

Elena Selezneva:

  • StartupFactory akseleratorining bosh direktori;
  • Tech4Impact nodavlat tashkiloti hammuassisi;
  • Digital Innovation Group hammuassisi;
  • Brand.uz hammuassisi;
  • Technovation Girls tashkilotining O’zbekistondagi mintaqaviy elchisi.

Sizning mehnatsevarligingiz, fidoyiligingiz va qizlar, yosh ayollar va startap loyihalariga yangi marralarni zabt etishda yordam berish istagingiz bilan faxrlanamiz. Sizga yanada koʻproq muvaffaqiyatlar, yangi g’oyalar, bitmas-tuganmas ilhom va barcha yaxshi ishlaringizda omad tilaymiz!

«EuroAsian Startup Awards» mukofoti global startap ekotizimidagi eng yaxshi iqtidorlarni tan olishga qaratilgan «Global Startup Awards» mukofotining bir qismidir. Tanlovda ovoz berish jarayoni 2021-yilning aprelidan 2022-yilning oktyabrigacha boʻlib oʻtdi.

Tafsilotlar veb-saytda: https://euroasianstartupawards.com/