Yangiliklar

01/04/2022

31 mart kuni Nukusda Qoraqalpogʻistonning eng yaxshi startaplari uchun oʻtkazilgan tanlovning final bosqichi boʻlib oʻtdi

Orolboʻyi qishloq aholisining hayotini yaxshilashga qaratilgan innovatsion startaplar boʻyicha tanlovning yakuniy bosqichida 16 jamoa oʻz ishini taqdim etdi, ularning har biri bitta loyiha bilan ishtirok etdi. Hakamlar hay’atining hulosalariga koʻra, 7 ta jamoa startap loyihalari tanlov gʻoliblari deb e’lon qilindi.

Finalchilar orasida Oʻzbekistondagi iqlim oʻzgarishi va «yashil» texnologiyalar sohasidagi ayollar loyihalari uchun startap akseleratorimiz ishtirokchisi- Aysulu Xalmuratova.

Aysulu Xalmuratova “Asu-briket” savdo belgisi ostida yogʻoch ipigʻi, qurigan oʻtlar, urugʻ poʻsti va turli chiqindilardan eko-briketlarni ishlab chiqarish loyihasi ustida ishlamoqda.

Aysuluni o’z loyihasini amalga oshirish yo’lidagi yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklaymiz. Doimiy muvaffaqiyat va professional o’sishni tilab qolamiz!

Manba: UNDP in Uzbekistan