Yangiliklar

15/12/2022

Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar imtiyozlarga ega bo‘ladi

Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar imtiyozlarga ega bo‘ladi

Endi yosh tadbirkorlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish maqsadida uskunalar xarid qilish uchun 7 yil muddatga imtiyozli kreditlar olishi mumkin.

2022-yil 1-oktabrdan Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari eksport qilganda va kreditlar olganda katta imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Mamlakat prezidentining “Tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal rivojlantirish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining farovonligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ana shunday ko‘makni ko‘zda tutadi.

Xususan, 2028-yil 1-yanvargacha mahsulot eksport qilinganida, transport xarajatlarining 70% Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan to‘lanadi. Bu Hukumat komissiyasining ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlar turlariga taalluqli.

Bundan tashqari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat fondi 2,5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi umumiy kredit hajmining 75% gacha miqdoriga kafillik beradi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash uchun davlat yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari uchun zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qilishga 7 yil muddatga kreditlar taqdim etadi.

Hukumat Qoraqalpog‘iston Respublikasining rivojlanish yo‘nalishini belgiladi:
– mintaqada investitsion va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yoshlarning bandligini ta’minlash;
– yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish va agrobiznes uchun qulay muhit yaratish;
– t’lim sohasida qo‘shimcha imkoniyatlarni va inson kapitalini rivojlantirishni yangi darajaga ko‘tarish uchun sharoitlarni yaratish;
– ijtimoiy himoya dasturlarining qamrovini kengaytirish.