“O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sohasida ayollar texnologik startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” dasturi doirasida “Yashil biznes-platforma: ayollar texnologiyalar va iqlim o‘zgarishi sohasida” mavzusidagi konferensiya va Demo Kun
2023-yil 6-mart kuni Nukus shahridagi Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikda “Ayollar texnologiyalar va iqlim o‘zgarishi sohasida” mavzusiga bag‘ishlangan “Yashil biznes” Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya Tech4Impact tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda BMTning Demokratiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan ikki yillik “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sohasida ayollar texnologik startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasining yakuniy tadbiriga aylandi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus, Mo‘ynoq, Shumanay, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor ayollar mazkur loyihada 2021-yil aprelidan 2023-yil martigacha qatnashar ekan, hududdagi qishloq xo‘jaligi, yerdan barqaror foydalanish, suv resurslarini va qattiq chiqindilarni boshqarish, barqaror ishlab chiqarish tizimlari (atmosferaga CO2 tashlanishini qisqartirish), barqaror turizm, barqaror moda, “zero waste” ishlab chiqarish, ekologik mas’ul biznes va hokazo sohalarda texnogen halokat oqibatlarini yumshatish uchun iqlim harakatlarini amalga oshiradigan innovatsion “yashil” texnologik kompaniyalarni yaratish ustida ishladi.
Konferensiya ishtirokchilari orasida — O‘zbekiston va Qirg‘iziston spikerlarini (ayollar texnologik tadbirkorligi, innovatsiyalar, iqlim o‘zgarishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ekspertlar, dastur hamkorlari, startaplar, mentorlar va fuqarolik jamiyatlarining vakillari) ko‘rish mumkin edi.
Konferensiyada qatnashish tadbirkor ayollar uchun o‘z g‘oyalari va loyihalarini muhokama qilish hamda o‘z startaplarini rivojlantirish uchun yangi hamkorlar va investorlarni topish uchun noyob imkoniyatga aylandi.
Nukusda barqaror iqtisodiyotni yaratishga olib kelishi mumkin bo‘lgan eng yangi yashil texnologiyalarni va iqlim tahdidlariga moslashish metodlarini muhokama qilish uchun hududdagi atrof-muhitni avaylash va saqlash muammolariga loqayd bo‘lmagan eng faol tadbirkor ayollar yig‘ildi. “Green Business by Tech4Impact” konferensiyasi keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqlim o‘zgarishi sohasida startaplar uchun doimiy tadbirga aylanishi kutilmoqda.
Konferensiya turli sessiyalar formatida tashkil qilindi, jumladan:
- Tadbirkor ayollar uchun startap-akselaratorga 2-qabulning Demo kuni (ishtirokchilar 2022-yil avgust oyidan boshlab o‘z startaplari ustida ishladi);
- Eng yaxshi loyihalar TOP-3 ligini taqdirlash marosimi (jamoalar loyihadan grant oladi: o‘z biznesini rivojlantirishga 22 mln.so‘mdan) ;
- Ekspertlar (shu jumladan, davlat organlari, moliya tashkilotlari, NNT, universitetlar, startaplar, ilm-fan vakillari) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “yashil” texnologiyalar sohasida tadbirkor ayollarning muammolari va ular uchun imkoniyatlar haqida munozaralar;
- Loyihaning 2 yillik faoliyati natijalarining taqdimoti;
- Talbirkor ayollar loyihalarining ko‘rgazmasi;
- Tadbirkor ayollarning chiqishlari va o‘zaro tajriba almashish.
Konferensiya mehmonlari va spikerlar:
- Nurazizov Rajapbay Kupalbekovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari
- Kristian Lamar, UNDEF, Birlashgan Milliar Tashkilotining Demokratiya Fondi vakili;
- Sholpan Asanova, Qoraqalpog‘istonda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasining rahbari;
- Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori;
- Gulzarxan Toreniyazova, birinchi Akselaratsiya dasturi g‘olibalaridan biri (Nukus);
- Aynura Sag‘in, Plastik chiqindilarni saralash bo‘yicha Tazar startapining asoschisi (Bishkek)
- Ralina Xasanova, La Lavande kompaniyasining asoschisi (Toshkent);
- Ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova (Toshkent).
Tadbirkor ayollar uchun akselerator 2021-yil sentabrida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, startap-akseleratsiya dasturining 2 ta qabuli o‘tkazildi.
«O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sohasida ayollar texnologik startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» dasturining natijalari:
- Tadbirkor ayollar uchun “yashil” texnologiyalar sohasida startap-akseleratsiya dasturining 2 ta qabuli o‘tkazildi;
- Dasturning 2 tsikli davomida startap-akseleratsiya dasturida qatnashishga 190 ta ariza olindi;
- 41 ta loyiha startap-akseleratorga qabul qilindi;
- 20 dan ortiq tadbirkor ayol 6 oylik dasturni yakunladi va o‘z biznesini yaratish hamda uni atrof-muhitga ta’sirni minimumga yetkazgan holda rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi;
- 13 nafar finalchi Demo Kunda o‘z loyihasini taqdim etdi;
- 2 yil ichida Nukus, Mo‘ynoq va Shumanayda 200 nafar tadbirkor ayol, fermer va talabalar ishtirokida 5 ta “Ideation” seminari o‘tkazildi;
- Qoraqalpog‘istonda 10 ta startap mentori uchun treninglar o‘tkazildi;
- mentoringplatform.org – Markaziy Osiyo mentorlik platformasida mentorlar bazasi yaratildi;
- Qoraqalpog‘istonda startaplar uchun ma’lumotlar onlayn-bazasi – data.accelerator.uz sayti ishlab chiqildi va muntazam yangilanmoqda;
- Qoraqalpog‘istonda iqlim o‘zgarishi sohasidagi ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha sheriklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
2023-yil 6-mart kuni o‘tkazilgan Demo Kunda startap-akselerator 2-qabulining 7 nafar finalchisi o‘z loyihasini taqdim etdi, bular:
- Ayzada Auyezova, talaba, Nukus
- Aygul Tashibayeva, tadbirkor, Mo‘ynoq
- Gauxar Jiyemuratova, ayollar jamoatchilik kengashining faoli, Shumanay
- Gulperi Otepova, bolalar bog‘chasining rahbari, Kegeyli
- Zliyxa Sabirbayeva, magistratura talabasi, Nukus
- Klara Xudaybergenova, jurnalist, Nukus
- Shaxzada Turdimuratova, talaba, Nukus
Loyihalarni baholash uchun quyidagi ekspertlar taklif etildi:
- Seyitova Leyli Po‘latovna, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasining a’zosi
- Dildora Ataullayeva, «Xalq Bank» boshqaruvchisining o‘rinbosari, Nukus filiali
- Amélie Leclere, Fransiyaning suv texnologiyalari bo‘yicha SUEZ International SAS kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri
- Aynura Sag‘in, Plastik chiqindilarni saralash bo‘yicha Tazar startapining asoschisi;
- Ralina Xasanova, La Lavande kompaniyasining asoschisi;
- Mo‘tabar Xushvaqtova, ekobloger;
- Taubaldiyev Yerpolat, «Ayim tur» QK direktori.
Har bir loyihaga taqdimot uchun 5 daqiqa va hakamlar hay’atidagi ekspertlarning savollariga javob berish uchun 5 daqiqa ajratildi.
Hakamlar komissiyasining ekspertlari tomonidan loyihalarni baholash mezonlari:
- bozor / biznes salohiyati;
- jamiyat uchun foydasi / ish o‘rinlarining yaratilishi;
- innovatsion /texnologik salohiyati;
- loyihaning ekologik jihatlari / iqlimga ta’siri;
- jamoaning kompetensiyalari;
- taqdimot sifati.
Taqdimot yakunlari bo‘yicha hakamlar eng yaxshi 3 ta loyihani qayd etdi:
- Gauxar Jiyemuratova, Shumanay aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi
- Zliyxa Sabirbayeva, biogumusda plyonka ostida qovun yetishtirish loyihasi
- Klara Xudaybergenova, Shen`ber Style (eski avtomobil shinalaridan mebel tayyorlash)
G‘olib jamoalar o‘z bizneslarini rivojlantirishga 22 mln. so‘mdan investitsiya mablag‘larini oladi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va o‘z loyihalarini rivojlantirishda muvaffaqiyat tilaymiz!
________
«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasidagi ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact NNT tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Fondi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Tadbirni tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun Qoraqalpog‘iston Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasiga va Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikka minnatdorchilik bildiramiz.
OAV uchun aloqa ma’lumotlari: Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori, +99890 3197721
www.data.accelerator.uz / www.tech4impact.uz