Orol dengizining qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash 2 (ERAS-II) loyihasi O‘zbekistondagi barcha manfaatdor tadbirkorlarni va startaplarni «Climate Smart «yashil» startaplar uchun biznes-inkubator” (Dastur) dasturida qatnashishga taklif qiladi. Dasturning O‘zbekistondagi milliy hamkori O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hisoblanadi.
Dastur Mo‘ynoq va Nukus tumanlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston) «yashil» texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.
Ariza beruvchilar, agar ularning loyihalari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Nukus tumanlari kontekstiga to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonning istalgan hududidan bo‘lishi mumkin.
Dasturning tadbirlari 2024-yil yanvardan may oyigacha aralash formatda (onlayn va Qoraqalpog‘istonda yuzma-yuz uchrashuvlar) o‘tkaziladi.
Biznes inkubatorining finalchilari eng yaxshi uchta loyiha uchun mini-grant dasturiga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi (har bir loyiha $10,000 gacha grant olishi mumkin).
ERAS-II O‘zbekistonda quyidagi sohalardagi startap asoschilarini qatnashishga taklif qiladi: suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya tizimlari; raqamli qishloq xo‘jaligi, aniq dehqonchilik va agrobiznes; qishloq xo‘jaligidagi muqobil energiya manbalari; aylanma iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish; oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash; qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va chorva mollarini parvarish qilish.
Dastur o’rganib chiqilgan g‘oya bosqichidagi yoki minimal yashash qobiliyatiga ega mahsulot (MVP) bosqichida bo‘lgan startaplar bilan ishlaydi. Loyihalar o‘z mahsulotlari/xizmatlarining namuna versiyalariga va katta biznes salohiyatga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligi, suv masalalari sohasida akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish, ilmiy va IT startaplar bilan ishlash tajribasiga ega Green Business Innovation va StartupFactory kompaniyalari mutaxassislari ushbu akseleratorning mentor va ekspertlari sifatida ishtirok etadilar.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza shakli onlayn formatda ushbu havola bo‘yicha mavjud: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdy1e1pMc-nvKv-o-7hATTcC9vaxVTlFh5UUq-v6cYwfb_p8w/viewform?usp=sf_link
Barcha ariza beruvchilar 2023-yil 15-dekabr onlayn-arizani to‘ldirishlari zarur.
Orol dengizining qurigan tubida ekotizimlarni tiklash (ERAS II) loyihasi USAIDning suv resurslari va atrof-muhit boʻyicha mintaqaviy loyihasi tomonidan amalga oshiriladi.