Orol dengizidagi bog’im» mahalliy kraudfanding loyihasi

Hududni obodonlashtirish mavzusini davom ettirib, bugun biz «Orol dengizidagi bog’im» mahalliy kraudfanding loyihasi haqida gapirib beramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi va Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg’armasi hamkorligida “Orol dengizidagi bog‘im” (#AralForest) agro- va ekoturizm loyihasi 2020-yildan buyon amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi Orol dengizi va Moʻynoq tumani hududining bir qismining qurishi oqibatlarini choʻl va manzarali koʻchatlar ekish orqali bartaraf etishdan iborat:
• Yasen;
• Qayrag’och;
• Tol;
• Saksovul;
• Cherkez va boshqa turdagi sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar.

Loyiha veb-saytida ekilgan ko’chatlar sonini ko’rsatuvchi hisoblagich mavjud bo’lib, bugungi kunda ularning soni 5475 ta manzarali va mevali daraxtlarni tashkil etadi. Loyiha doirasida 1 000 000 tup daraxt ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, siz kim, qachon va qancha ko’chat ekishga yordam berganligini bilib olishingiz mumkin.

Ushbu loyihada mahalliy aholi ham, chet ellik sayyohlar ham ko’ngilli bo’lishlari va shaxsan ishtirok etishlari mumkin. Hissa qo‘shishning ikkinchi usuli – www.aralforest.org maxsus veb-sayti orqali masofadan turib ko‘chat sotib olish va ekish.

Loyihaning veb-sayti: www.aralforest.org.
Loyiha haqida batafsil ma’lumot IICAS veb-saytida: https://iic-aralsea.org/my-garden-in-the-aral-sea/

Ushbu ma’lumotni Orolbo’yi hududini obodonlashtirishga yordam berishdan manfaatdor bo’lgan barchaga ulashing.