Yangiliklar

05/10/2022

Mushtariy Sharifova Tesla kompaniyasida IT-rejalashtirish bo‘yicha tahlilchi sifatida ishlayotgan o‘zbekistonlik birinchi va yagona fuqarodir.

Milliondan bir hikoya… aniqrog‘i, 35,6 milliondan*!

Mushtariy Sharifova Tesla kompaniyasida IT-rejalashtirish bo‘yicha tahlilchi sifatida ishlayotgan o‘zbekistonlik birinchi va yagona fuqarodir.

Tengdoshlari bilan munosabatlari qiyin bo‘lishiga qaramay, Mushtariy bolaligidanoq katta orzusi bor mehnatkash va tirishqoq o‘quvchi bo‘lgan. Talabalar haqidagi turli xorijiy teleseriallar uni universitet kutubxonasida mashaqqatli soatlar sarflab darsliklarni o‘qishga va o‘z maqsadlariga erishishga ilhomlantirdi.

Orzular ahir ushaladi!
🇩🇪 2015-yilda Mushtariy Germaniya amaliy fanlar universitetiga biznes va menejment yo’nalishiga o’qishga kirdi. O’qish davomida u Adidas, Zalando va SAP kabi yirik kompaniyalarda amaliyot o’tagan va ular keyinchalik unga Tesla kompaniyasiga yo‘l ochgan.

Murakkab yo‘l, tasirli hikoya, muvaffaqiyatli ish – muvaffaqiyatga erishgan insonlarning tarjimai holi mana shunday tasvirlanadi va Mushtariy ham endi shulardan biridir. Navoiylik qiz orzusini ro‘yobga chiqardi va yurtdoshlariga o‘rnak bo‘ldi.

Siz ilhomlandizmi? “Oʻzbekistonlik” filmining ikkinchi epizodini tomosha qilib, yanada koʻproq motivatsiya olishingiz va hamyurtingiz bilan faxrlanishingiz mumkin.

*2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni, «Gazeta.uz»